Bugun Angliya premer-ligasining 15-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar start oladi. Tribuna.Uz an'anasiga mos ravishda uchrashuvlar atrofidagi qiziqarli ma'lumotlarga batafsil to‘xtaladi.

Angliya premer-ligasi, 15-tur
Chelsi - Nyukasl
Boshlanish vaqti: 2 dekabr, 17:30
Translyatsiya: Futbol TV, Match! Futbol 1 
 

O‘yinoldi qiziqarli faktlar

«Chelsi» o‘z uyida APLda «Nyukasl»dan  15 marta ustun kelgan. Londonliklar uchun bu ikkinchi yaxshi ko‘rsatkich sanaladi. Jamoa APL tarixida faqat «Tottenhem»ni o‘z uyida ko‘proq yenggan (16 marta).

«Nyukasla»ning «Chelsi» uyidagi yagona g‘alabasi 2012 yilning mayida kuzatilgan bo‘lib (2:0) o‘shanda Papis Sisse qahramonlik ko‘rsatgandi.

Villian «Nyukasl» bilan so‘nggi marta to‘qnash kelingan 2015-16 yilgi mavsumdagi ikki uchrashuvda ham gol urgan. Braziliyalik futbolchi bunday natijaga yana to‘rtta («Everton», «Sauthempton va «Stok Siti») jamoaga qarshi uchrashuvda erisha olgan.

Jonjo Shelvi «Suonsi» va «Liverpul» futbolchisi sifatida ham «Chelsi» darvozasiga gol urgan. Agar u bu safar ham gol ura olsa, Geri Skottdan keyin «Chelsi» davrozasiga uchta yoki undan ko‘proq jamoa safida gol urgan ikkinchi futbolchiga aylanadi.

Yo‘qotishlar

«Chelsi» tarkibida David Luiz va Charli Musonda jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. Ammo Mishi Batshuayi va Kenedi safga qaytgan.
«Nyukasl» tarkibida Jamaal Lasells, Kristian Atsu va Pol Dammit uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Brayton - Liverpul 

O‘yinoldi qiziqarli faktlar.

Bu ikki jamoa APL doirasida ilk marta to‘qnash kelmoqda. So‘nggi marta Angliya chempionatida (premer-liga tashkil qilinmasdan oldin) 1982/1983 yilgi mavsumda «Brayton»da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd etilgan.