14:30 / 03.12.2017
137112

512 kishi. Yangi asrdagi eng halokatli ikkinchi terakt

Foto: Feisal Omar/Reuters

Somali poytaxti Mogadisho shahrida 14 oktabr kuni sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 512 kishini tashkil etdi. Bu haqda ushbu hujum oqibatlarini tekshirgan qo‘mita ma'lumotida keltirilgan.

Rasmiy ma'lumotlarda ushbu terakt oqibatida 312 kishi halok bo‘lgani va 62 kishi bedarak ketgani aytilgandi.

Associated Press agentligi ham qurbonlar soni qarib ikki barobar ortgani va 512 kishini tashkil qilgani haqida xabar tarqatdi.

Nashr 14 oktabr kungi terakt 2001 yil 11 sentabridan keyin jahonda ro‘y bergan eng yirik terakt bo‘lganini alohida qayd etgan.

14 oktabr kuni Mogadishoda odamlar gavjum joyda portlovchi qurilmalar ortilgan yuk mashinasi portlatildi. Portlash yaqinida benzovoz ham bor edi va bu terakt oqibatlarini yanada kuchaytirdi. Respublika prezidenti Muhammad Abdullohi Muhammad Somalida uch kunlik motam e'lon qildi.

Ushbu terakt uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmadi, ammo bu Somalida harakatlanuvchi «Al-Shabaab» guruhi tomonidan sodir etilgan bo‘lishi mumkin. Somalida hukumat binolariga tez-tez hujum qilib turadigan bu guruh «Al-Qoida» bilan yaqin aloqalarga ega hisoblanadi. 2015 yilning yozida jangarilarning bir qismi IShIDga qasamyod qilgandi.

Mavzuga oid
Top