14:00 / 03.12.2017
8338

AQSh BMTning migratsiyaga doir shartnomasiga qo‘shilmaydi

Foto: Indianexpress

AQSh BMT 2018 yilda qabul qilishni rejalashtirayotgan migratsiya to‘g‘risidagi xalqaro shartnomaga qo‘shilmaydi. Bu haqida Tashkilotning Amerikadagi vakolatxonasi saytida ma'lum qilindi. 

Amerika 2016 yilda mamlakatning sobiq prezidenti Barak Obama ma'muriyati qarori bilan shartnomaga qo‘shilgandi.

"Nyu-York deklaratsiyasida AQShning immigratsiya va qochqinlar bo‘yicha siyosati va Trampning immigratsion siyosati tamoyiliga zid bo‘lgan ko‘p qoidalar mavjud", - deyiladi doimiy vakolatxona bayonotida. 

Mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylining so‘zlariga ko‘ra, hech kim qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun AQShchalik ko‘p yordam bermagan, ular muhojirlarga ko‘mak berishda davom etishadi. 

"Biroq immigratsion siyosatga doir qarorlar doim amerikaliklar va faqat ular tomonidan qabul qilinishi kerak. Chegaralarimizni qanday nazorat qilish va kimlarga mamlakatimizga kirishga ruxsat berishni biz hal qilamiz. Nyu-York deklaratsiyasining global yondashuvi AQSh suverenitetiga nomuvofiqdir", - dedi Xeyli.

Top