00:36 / 03.12.2017
10646

APL. Mavsumning eng shiddatli o‘yinida «MYu» «Arsenal»ni yengdi 

Foto: Twitter/Premierleague

Angliya Premer-ligasining 15-turida «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublari bellashdi.

O‘yinning taqdiri dastlabki 10 daqiqa ichida hal bo‘ldi. «Arsenal» himoyachilarining qo‘pol xatosidan so‘ng, Valensiya va Lingard yordami bilan «MYu» ikkita gol urishga erishdi.

Shundan so‘ng, «Arsenal» tashabbusni qo‘lga olib, katta kuch bilan hujum uyushtirdi. Biroq, darvozabon De Xea juda ko‘p vaziyatlarda jamoasini qutqarib qoldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, Lyakazett hisobni qisqartirdi. Biroq, 63-daqiqada «Aresnal» qarshi hujumni o‘tkazib yubordi va Lingard yana bir marta mezbonlarni xafa qildi.

74-daqiqada Beleringa nisbatan qo‘polligi uchun Pol Pogba maydondan chetlatildi. O‘yin oxiriga qadar, «Arsenal» katta kuch bilan hujum uyushtirgan bo‘lsa-da, «MYu» kerakli hisobni ushlab qolishga erishdi.

Bu natijadan so‘ng, «MYu» 35 ochko to‘plab, chempionat jadvalida 2-o‘rinda boryapti. «Arsenal» 28 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi.

APL, 15-tur
Arsenal – Manchester Yunayted - 1:3 (0:2, 1:1)
2 dekabr, «Emireyts» stadioni
Gollar: 0:1 – 4 Valensiya, 0:2 – 11 Lingard, 1:2 – 49 Lyakazett, 1:3 – 63 Lingard. 
Arsenal – Chex, Mustafi (Ivobi, 15), Monreal, Kolashinats (Jiru, 76), Koselni, O‘zil, Remzi, Sanches, Chaka (Uelbek, 70), Belerin, Lyakazett.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Roxo, Valensiya, Lindelef, Pogba, Yang, Matich, Lingard (Darmian, 76), Marsial (Errera, 67), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Roxo (58), Belerin (72), Koselni (87), Sanches (89), Errera (89)
Chetlatish: Pogba (74).

Top