23:00 / 03.12.2017
10536

«Manchester Siti» seriyani davom ettirib, «MYu»ni 8 ochko ortda qoldirmoqda

Foto: Premer liga

Angliya chempionatining 15-turida «Manchester Siti» «Vest Hem» ustidan irodali g‘alabaga erishdi. «Etihad Stedium»da kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda hisob London jamoasi tomonidan ochilgandi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida, 44-daqiqada Ogbonna mehmonlarni oldinga boshladi.

Ammo tanaffusdan keyin Xosep Gvardiola shogirdlari iroda ko‘rsatib, ikkita gol urishdi. Nikolas Otamendi 57-daqiqada hisobni tenglashtirdi, David Silva 83-daqiqada g‘alaba golini urdi.

Bu «shaharliklar» jamoasining ketma-ket uchinchi uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishi bo‘ldi. Bundan avvalgi turlarda «Haddersfild»ga qarshi o‘yinda 0:1 hisobidan chiqib ketilgan, shuningdek, «Sauthempton» darvozasiga qo‘shimcha daqiqalarning oxirida gol urilgandi.

Endilikda «Manchester Siti» g‘alabali seriyasini davom ettirib, 43 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirdi. Ikkinchi o‘rindagi «Manchester Yunayted» 8 ochko ortda qoldirilgan.

«Bornmut» «Sauthempton»ni qabul qildi. «Vitaliti – Din Kort» stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.

Birinchi bo‘limda mezbonlar ustunlikka erishdi, 42-daqiqada Rayan Freyzer aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. O‘yinning ikkinchi bo‘limi «Sauthempton» ustunligida kechdi, 61-daqiqada Charlz Ostin hisobni tenglashtirdi.

Bu natijadan keyin «Sauthempton» ochkolari sonini 17taga yetkazib, turnir jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarildi, «Bornmut» (15 ochko) esa «Nyukasl» va «Haddersfild»ni quvib o‘tib, 14-pog‘onaga joylashdi.

Angliya chempionati
15-tur

Manchester Siti – Vest Hem 2:1 
Gollar: 0:1 – 44 Ogbonna, 1:1 – 57 Otamendi, 2:1 – 83 Silva.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Mangalya, Danilo (Gabriel Jyezus, 46), de Bryuyne, Silva, Sane, Delf, Sterling, Aguero (Fernandino, 85).
Vest Hem – Adrian, Sabaleta, Masuaku, Kressuell, Ogbonna, Antonio, Obiang, Lansini (Arnautovich, 69), Rays, Fernandesh, Kuyate (Sako, 43).
Ogohlantirishlar: Rays (17), de Bryuyne (59).

Bornmut – Sauthempton 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 42 Freyzer, 1:1 – 61 Ostin.
Bornmut – Begovich, Frensis, Deniels, Smit, Ake, Kuk, Serman, Freyzer (Afobe, 90), Stanislas (Ayb, 69), King, Defo (Uilson, 69).
Sauthempton – Forster, Xudt, van Deyk, Bertran, Pe, Devis (Gabbyadini, 85), Romeu, Tadich (Lemina, 74), Uord-Prouz (Redmond, 46), Bufal, Ostin.
Ogohlantirishlar: Smit (31), Defo (31), Lemina (76).

Mavzuga oid
Top