00:51 / 03.12.2017
27663

Politsiyachi haydovchini qutqarish uchun aqlbovar qilmas qobiliyatni namoyish qildi

Foto: Motorway Martin‏ / Twitter

Britaniyaning Lids shahri yaqinidagi yo‘lda joylashgan ko‘prikda furgon haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargach, ag‘darilib ketgan va ko‘prik chetidan osilib qolgan. Agarda voqea joyida politsiyachi bo‘lmaganda, bu voqea haydovchining o‘limi bilan tugashi mumkin edi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya zobiti Martin Uillis ko‘prikdan osilib turgan va undan ag‘darila boshlagan furgonning g‘ildiragini uning ichida qolib ketgan haydovchini qutqarish uchun qo‘li bilan 15 daqiqa ushlab turgan.  

Tez orada yo‘l-transport hodisasi joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelgan va tros yordamida avtomobilni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Haydovchi shifoxonaga yetkazilgan, uning hayoti xavf ostida emas.  

Bu voqea internetda tez tarqaldi. Internet foydalanuvchilari politsiyachini qahramon va “supermen” deb atashgan.

Mavzuga oid
Top