09:00 / 03.12.2017
11315

Saakashvili Poroshenko “hushyor holatiga qaramay” ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishini aytdi

Foto: RIA Novosti

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili NewsOne telekanali efirida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko qanday spirtli ichimliklarni xush ko‘rishi haqida so‘zlab berdi

Saakashvilining aytishicha, u bilan Poroshenko o‘rtasida bir marta suhbat bo‘lganda, Poroshenko mamlakatda yaxshi vinolar ishlab chiqarilishiga gumon bildirgan. 

“U menga “Misha, bizda yaxshi ukrain vinosi borligiga ishonmayman”, deb aytgandi”, deb eslab o‘tdi o‘sha suhbatni Saakashvili.

Saakashvilining aytishicha, Poroshenko italyan va fransuz vinolarini xush ko‘radi. U, shuningdek, Poroshenko me'yoridan ko‘p spirtli ichimlik ichishi haqidagi gaplarni inkor etdi.

“U ko‘p ichmaydi. Bu mish-mish. Biroq hushyor holatiga ko‘p xatolar qiladi”, deb aytgan Saakashvili.

Top