Samsung foydalanuvchilarni kaft bo‘yicha aniqlash tizimini patentlashtirdi

Foto: hightech.fm
Zamonaviy smartfonlarning aksariyatida ularga kirishni himoyalash uchun nafaqat parol, balki biometrik skanerlar ham qo‘llanadi. Qoidaga ko‘ra, bu barmoq izlari skanerlaridir, biroq ba'zi kompaniyalar murakkabroq tizimlarni yaratishmoqda. Misol uchun, Samsung ba'zi smartfonlariga ko‘z rangdor pardasi skanerini, Apple esa yuzni 3D-skanerlashni joriy qilmoqda. Biroq rostini aytganda, ikkala tizimni ham buzib kirish yo‘llari topilgan.
Endi esa Samsung muhandislari mobil telefonlar uchun foydalanuvchilarni aniqlashning noodatiy tizimini yaratishga qaror qilishdi. Samsung’ning bu tizimga patent olish uchun bergan arizasida aytilishicha, mualliflar foydalanuvchining shaxsini tasdiqlash uchun uning kaftidagi chiziqlardan foydalanishni taklif qilishmoqda. Biroq qayd qilish joizki, ushbu tizim qurilmaning o‘ziga kirishga ruxsat bermaydi, balki unutib qo‘yilgan parolni eslashda yordam beradi.
Foydalanuvchi parolni unutib qo‘ysa, u kaftini smartfon kamerasi uni suratga oladigan qilib oldinga cho‘zishi kerak. Agar smartfon xotirasidagi kaft tasviri suratdagi kaft bilan bir xil bo‘lsa, unda tizim parolni noodatiy tarzda ekranda chiqaradi. Paroldagi belgilar kaft suratiga shunday tushiriladiki, belgilarning bir qismi bo‘lmaydi, kaft chiziqlari esa belgining yetishmayotgan qismi bo‘lib xizmat qiladi. Taqdim qilingan suratda ushbu tizim orqali esdan chiqqan parolning tasvirlanishiga misol keltirilgan.
Smartfon yordamida foydalanuvchilar shaxsini tasdiqlovchi noodatiy usullar bor. Misol uchun, Yahoo muhandislari buning uchun foydalanuvchi qulog‘ini smartfon ekraniga bosishni taklif qilishgan.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi

21:15 / 03.03.2025