11:20 / 03.12.2017
13330

Jurnalist Tramp haqidagi reportajda xato qilgani uchun ishdan chetlatildi, Tramp bundan xursand

Jonathan Ernst/Reuters

ABC telekanali jurnalisti AQSh prezidenti Donald Tramp va uning xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn to‘g‘risidagi reportajda xatoga yo‘l qo‘ygani uchun vaqtinchalikka ishdan chetlatildi. Bu haqda telekompaniya rasman ma'lum qildi.

Tramp esa tvitterida ABC telekanalini bu qaror uchun tabriklagan va boshqa nashrlarga ham xuddi shunday yo‘l tutishni maslahat qilgan.

«ABC telekanalini Brayan Rossni Rossiya, Rossiya va yana Rossiyani ovlash maqsadida ishonchsiz ma'lumotlar va yolg‘onlarga asoslangan reportajni tayyorlagani uchun ishdan chetlatgani bilan tabriklayman. Boshqa gazetalar va nashrlarni ham Fake News uchun shunday chora ko‘rishga chaqiraman!» — deya yozgan Tramp tvitterida.

Mavzuga oid
Top