Afg‘oniston prezidenti Toshkentga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4 dekabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng Afg‘oniston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 5-6 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uchrashuvlarda O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlarining bugungi holati va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash masalalari va dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan-ta'lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, shuningdek, tijorat shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.
Afg‘oniston Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi dasturidan, shuningdek, Buxoro shahrini ziyorat qilish ham o‘rin olgan. Oliy martabali mehmon Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda ular huzurida ma'ruza qiladi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjonda Rossiya bilan bog‘liq barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi
Jahon | 18:03
-
AQShda yozuvchilar Microsoft kompaniyasini sudga berdi
Jahon | 17:24
-
Ukrainada urushdan keyin saylovlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda
Jahon | 16:21
-
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbasi: Lviv va Cherkassda vayrongarchiliklar, yana bir F-16 quladi
Jahon | 16:00
Mavzuga oid

13:05 / 15.08.2022
Afg‘oniston sobiq prezidenti mamlakatni tark etishining asosiy sababini aytdi

09:01 / 01.01.2022
«Menga ikki daqiqa vaqt berishdi». Ashraf G‘ani Kobuldan qanday qochgani haqida ilk marta so‘zlab berdi

22:16 / 06.10.2021
OAV: Ashraf G‘ani BAAga O‘zbekiston orqali qochgan

19:20 / 06.10.2021