Argentina poytaxti Buenos-Ayresda argentinalik hujumchi Lionel Messiga o‘rnatilgan haykalga noma'lum shaxslar tomonidan zarar yetkazildi. Bu haqda Ole nashri xabar bermoqda.

Haykal ikki qismga buzib tashlangan. Vandallar haykalning oyoqlar joylashgan qismidan sindirib ketishdi.

Foto: TyCSports

Alohida ta'kidlab o‘tish joizki, bunday bezorilik birinchi marta ro‘y berayotgani yo‘q. 2017 yilning yanvar oyi boshlarida ham vandallar haykalni ikki qismga sindirib ketishgandi. Keyinchalik Messining haykali to‘la ta'mirlandi.