00:37 / 04.12.2017
14013

Eron oliy yetakchisi yana “Hitler” deb ataldi

Foto: Gali Tibbon/AP

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tehronda yadroviy qurol paydo bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga izoh berib, Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Ali Hamanaiyni “Yaqin Sharqning yangi Hitleri” ekanligini aytgan. 

“Biz Eron tuzumiga yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz unga Suriyada harbiy borada joylashishga ijozat bermaymiz”, deb aytgan Netanyaxu.

U oyatullohni “Hitler” degani bilan, Eron va fashist Germaniya o‘rtasida bir qator muhim farqlar borligini tan olgan.

Avvalroq Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Hamanaiyni “Yaqin Sharqning yangi Hitleri” deb atagandi. Bunga javoban Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Barhom Qosimiy Saudiya shahzodasini “yosh bolalikda” ayblagan.

 

Mavzuga oid
Top