21:00 / 04.12.2017
20353

Fotogalereya: «Super Oy» dunyoning turli chekkalarida

3 dekabrdan 4 dekabrga o‘tar kechasi Yer aholisi «Super Oy»ni kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Yerning yo‘ldoshi maksimal darajada yaqin masofaga keldi va odatdagidan ancha ulkan ko‘rindi.

«Super Oy» odatdagi Oydan 30 foizga yorqin va 14 foizga kattaroq ko‘rinadi. Bundan tashqari to‘lin Oy odatda to‘q sariq rangda bo‘ladi.

Bu safar Yerning yo‘ldoshi 358 499 kilometrlik masofaga yaqinlashdi – bu odatdagidan 26 ming kilometrga yaqinroqdir.

O‘tgan yili esa Oy Yerga 1948 yildan beri ilk marta eng yaqin masofaga kelgan, hamda keyingi safar bunday hodisa faqatgina 2034 yilning 25 noyabr kuni yuz beradi.

NASA yakshanba kungi hodisani «superoy trilogiyasining» birinchi qismi deb atadi, sababi fenomen uch hodisaga cho‘ziladi. Oyning Yerdan minimal masofada bo‘lib turganida yana ikkita shunday hodisa kuzatilishi mumkin: 2 va 31 yanvarda.

Dunyoning turli chekkalarida ushbu hodisa tasvirlarga muhrlangan.

Julio Cortez/AP
Buffaloda superoy ko‘rinishi, Nyu-York shtati
Danny Lawson/AP
Uitbi abbatligi, Buyuk Britaniya
Jean-Paul Pelissier/Reuters
Marsel, Fransiya
Jon Nazca/Reuters
Ronda shahridagi Puente-Nuevo ko‘prigi, Ispaniya
Aung Shine Oo/AP
Neypido, Myanma
Julio Cortez/AP
Buffalo, Nyu-York shtati, AQSh
Aung Shine Oo/AP
Neypido, Myanma
Ariel Schalit/AP
Netaniya, Isroil
Aung Shine Oo/AP
Neypido, Myanma
Julio Cortez/AP

 

Mavzuga oid
Top