Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotirani yaxshilashning oddiy usuli aytildi
Foto: Fotolia
Kanadadagi Uoterlu universitetidan bo‘lgan neyrobiologlarning xulosasiga ko‘ra, ovoz chiqarib o‘qish xotirani yaxshilaydi. Bu haqda MedizalXpress saytida e'lon qilingan matbuot relizida aytiladi. Olimlarning tegishli maqolasi Memory jurnalida joylashtirildi.
Tadqiqotda 95 kishi ishtirok etdi. Ko‘ngillilar to‘rtta uslubdan birining yordamida yozma ko‘rinishdagi ma'lumotni eslab qolishga harakat qilishdi. Ular matnni tovush chiqarmay yoki ovoz chiqarib o‘qishgan, o‘zlarining yoki boshqa birovning yozib olingan nutqini tinglashgan. Testlar natijalarining ko‘rsatishicha, og‘zaki nutq va eshitish qobiliyati bir vaqtning o‘zida harakatga keltirilsa, yozma ko‘rinishdagi ma'lumot yaxshiroq yodda qoladi.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, so‘zlar agarda ularga «qandaydir ishlab chiqaruvchi element» - ma'lumotning uzoq muddat yodda saqlanib qolishini mustahkamlovchi faol harakat qo‘shilsa, yaxshiroq esda qoladi. Bunday harakatga esa matnni qaytadan yozish yoki uni bosma shaklda terish ham kiradi. Effekt keksa yoshdagi odamlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
22:17 / 23.01.2026
Olimlar videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ruhiyatiga zararini rad etdi
17:19 / 20.01.2026
Tadqiqot: noteng daromadlar siyosiy beqarorlikka olib boradi
10:22 / 19.01.2026