12:33 / 04.12.2017
34481

Qozog‘istonda qimmatbaho xorijiy mashinalarni sotib olgan amaldorlar jazolandi

Foto: Getty Images

Qozog‘istonda davlat organlarining qimmatbaho xorijiy avtomobillar xarid qilgan mansabdor shaxslariga nisbatan choralar ko‘rildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boqijon Sagintayev “Ak jol” partiyasi a'zolarining deputatlik so‘roviga javob qaytarib ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Bosh vazirning ta'kidlashicha, deputatlarning 2017 yil 18 maydagi 138-son so‘rovi doirasida barcha markaziy va mahalliy ijro organlari hamda ularga qarashli tashkilotlarga ogohlantirish berildi va transport vositalarini xarid qilishda hujjatlardagi talabni nazarda tutish, mahalliy avtosanoat tomonidan ishlab chiqariluvchi modellar xususiyatlariga mos kelishini kuzatib borish, hamda ushbu masalani nazorat qilish vazifasi topshirildi.

"Shu bilan birga, ushbu topshiriqni bajarmaslik holatlari bor, shu sababdan qimmatbaho xorijiy avtomobillarni sotib olishga yo‘l qo‘ygan ba'zi mas'uliyatli mansabdor shaxslarga nisbatan ko‘rilgan choralar Moliya vazirligiga qo‘shimcha tarzda taqdim etiladi", - deya xabar berdi Sagintayev.

Ta'kidlanishicha, davlat rahbarining Qozog‘iston xalqiga 2017 yilning 31 yanvar kuni yo‘llagan murojaatida hukumatga markazlashgan xizmat prinsipi bo‘yicha davlat xaridlarining yagona tizimini joriy etish topshirig‘i berildi. Ushbu topshiriqni amalga oshirish uchun davlat xaridlari va davlat sektori sub'yektlari xaridlari masalalari bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda, u markazlashgan xizmat prinsipi bo‘yicha davlat xaridlarining yagona tizimini joriy etishni nazarda tutadi.

Mavzuga oid
Top