16:55 / 04.12.2017
7320

Parkentda 15 mln so‘m pul va 9 mln so‘mlik zargarlik buyumlari o‘marildi 

Foto: Plusgps.eu

Parkent tuman IIBga 1970 yilda tug‘ilgan Adham Boyqo‘ziyev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 26 oktabr kuni soat 05.00 dan 08.30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, uy eshigiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, uyi ichida bo‘lgan 15.000.000 so‘m pullari va 9.000.000 so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Parkent tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan Xushnud Tojiyev va Erali Yorbekovlar sodir etganliklari aniqlanib, ushlandilar. Ashyoviy dalillar olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top