17:50 / 04.12.2017
6793

Putin Nazarboyev bilan telefon muloqoti o‘tkazdi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya va Qozog‘iston prezidenti Vladimir Putin hamda Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqotda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik kengashi muzokaralari yakunlarini muhokama qilishdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Minsk shahrida joriy yilning 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Kollektiv xavfsizlik kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qator dolzarb masalalar muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.

Top