Yaponiyadagi tezyurar poyezdda 5G tarmog‘i muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

Foto:Hightech
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Yaponiyaning KDDI telekommunikatsiya kompaniyasi bilan birgalikda harakatlanayotgan tezyurar poyezdda 5G tarmog‘i imkoniyatlarini namoyish qilishni yakunladi. Bunda ma'lumotlar uzatish tezligi soniyasiga 1,7 Gbit.ga yetgan.
Poyezd Saytama prefekturasidagi bir-biridan 1,5 km uzoqlikda joylashgan ikkita stansiya o‘rtasida 100 km/soatdan ko‘proq tezlik bilan harakatlangan. Sinov vaqtida muhandislar poyezdning vagonlaridan birida o‘rnatilgan 5G-router yordamida 8K sifatidagi rolikni yuklab olishgan va poyezd tomida o‘rnatilgan 4K kamera yordamida olingan rolikni internetga yuklashgan.
Sinovlar 5G texnologiyasini tezyurar poyezdlar yo‘lovchilariga aloqa xizmatlarini taqdim qilishda qo‘llash mumkinligini ko‘rsatgan. “KDDI Samsung bilan hamkorlikda aloqaning yangi xizmatlari uchun imkoniyatni ochdi. 5G tufayli temir yo‘l xizmatlari mutlaq yangi bosqichga ko‘tariladi. Vagonlar va stansiyalardagi bugungi sinovlarning muvaffaqiyatli kechgani 5G texnologiyasini tijoratlashtirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi”, deb aytgan KDDI’ning yetakchi ijrochi direktori Yoshiaki Uchida.
Uchidaning aytishicha, KDDI 5G tarmog‘ini 2020 yildan ishga tushirmoqchi va Samsung bilan birga turli sharoitlar, chastota diapazonlarida va turli texnologiyalarni qo‘llab tadqiqotlarni davom ettirmoqchi.
AQShning Verizon mobil operatori Qualcomm bilan birga 2019 yil oxirigacha AQShning 10 ta shahrida 5G tarmog‘ini ishga tushirmoqchi. Yevropadagi birinchi tajribaviy 5G tarmog‘i Berlinda Deutsche Telekom va Huawei kompaniyalari sa'y-harakatlari tufayli paydo bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya nefti narxi RF budjeti hisob-kitoblaridan 25 foizga pastladi
Jahon | 08:12
-
Grenlandiyada yangi hukumat tasdiqlandi - ular mustaqillik tarafdori
Jahon | 08:00
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
Mavzuga oid

18:24 / 05.04.2025
Yaponiyada tog‘larga chiqa oladigan robot-ot taqdim etildi

20:21 / 03.04.2025
Yaponiyada sho‘rvadan kemiruvchi chiqqani tufayli salkam 2 mingta restoran vaqtincha yopildi

21:50 / 31.03.2025
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda

20:51 / 28.03.2025