Elektrmobillar işlab çiqaruvçi kompaniyalar soni ham, xuddi şu avtomobillar miqdori ham oşib bormoqda. Biroq köplab loyihalar içida juda noyoblari ham uçrab turibdi. Masalan, China Hi-Tech Group kompaniyasi yaqinda jamoatçilikka REDS şahar elektrkari kontseptini namoyiş etdi. Şunisi qiziqki, işlab çiqaruvçilarning özi REDS’ni harakatlanuvçi iş örni sifatida körsatib berişgan.  

Ta'kidlab ötiş lozimki, elektrmobil dizayniga amerikalik Kristofer Edvard Bengl javob berdi, u 1992-2007 yillar davomida BMW Group boş dizayneri sifatida işlagani bilan maşhur. 2009 yilda Kristofer Chris Bangle Associates kompaniyasiga asos soldi, u dizayn sohasidagi işlanmalar bilan şuğullanadi. 2014 yildan boşlab China Hi-Tech Group Redspace brendi ostida elektrkarlar işlab çiqarişga qaror qildi, ularning dizayniga esa BMW sobiq boş dizayneri javob beradi. Ilk nusxa Revolutionary Electric Dream Space (REDS) nomini oldi.

Foto: REDS 

Avtomobil ramasi yengil alyuminiydan qilingan, tom yuzasida esa quyoş batareyasi joy oldi. Şu bilan birga, quvvatlantiriş qurilmasi ham bor va u avtomobil burnida joylaşdi. REDS’da örnatilgan komponentlar kuçi uning soatiga 50 kilometrga qadar çiqa olişini ta'minlaydi.

Muallif loyiha ustidagi işda 90/10 konsepsiyasiga sodiq qoldi. Sababi, dizaynerning sözlariga köra, maşina 90 foiz vaqt davomida bir joyda turadi yoki avtopilot boşqaruvi ostida harakatlanadi, şuning uçun uning salonini kiçik xonaga yoki iş joyiga aylantiriş mumkin. Turiş yoki avtopilot rejimida köproq qulaylik yaratiş maqsadida rul tirgagi tepaga kötarilişi mumkin.

Foto: REDS 
Foto: REDS 
Foto: REDS