Bugun Yevropa Chempionlar Ligasida A-D guruhlari o‘z o‘yinlarini yakunlaydi. Bugun maydonga tushadigan 4 jamoa keyingi bosqich masalasini rasman hal qilgan bo‘lsa, qolgan 4 yo‘llanma taqdiri bugun kechasi hal bo‘ladi. Keling, ushbu guruhlarga nazar tashlab, jamoalarning imkoniyati haqida so‘z yuritamiz.
A guruhi
BeNFIKA – BAZeL
“Bazel” TsSKA bilan birgalikda 9 ochko to‘plashgan va guruhdan chiqish uchun kurash olib bormoqda. O‘zaro o‘yinda shveysariyaliklarning ustunligi borligini inobatga olsak, “Bazel”ning bu turdagi vazifasi ruslardan kam ochko olmaslikdir. Bu nuqtai nazardan, balki durang hisobi ham mehmonlarni qoniqtirishi mumkin, zero TsSKA ning “Old Trafford”da g‘alaba qozonishini taxmin qilish qiyin.
O‘z navbatida “Benfika”ning o‘ziga yarasha hisob-kitobi borligini unutmaslik kerak. To‘g‘ri, portugaliyaliklar barcha o‘yinlarni boy berib, turnirda hech qanday imkoniyatga ega emas, ammo birinchi davradagi 0:5 hisobidagi sharmandali mag‘lubiyat alamini o‘z muxlislari oldida olishga urinishlari shubhasiz.
MANCheSTeR YuNAYTeD – TsSKA
“Yunayted” shanba kuni Londonda og‘ir uchrashuv o‘tkazdi, shu hafta oxirida esa Manchester derbisida maydonga tushadi. Jamoa YeChLda guruhda qolib ketishi uchun 7-8 gol o‘tkazishi kerak bo‘lishini inobatga olsak, mezbonlar biroz aralash tarkibda maydonga tushishlari kutilmoqda. Matich, Lukaku, Valensiya, De Xea, Marsiyal kabi futbolchilarga dam berilishi kutilmoqda. Ammo shu holatda ham, kelasi o‘yinlarda diskvalifikatsiyaga uchragan Pogba, so‘nggi o‘yinlarda zaxirada qolayotgan Mata, Mxitaryan kabi tajribali futbolchilar maydonga tushishlari mumkin.
TsSKA esa, bu o‘yinda g‘alaba qozonishi shart. Yoki durang o‘ynab, “Bazel”ning Portugaliyadagi mag‘lubiyatidan umid qilishiga to‘g‘ri keladi. “MYu” ushbu mavsumda barcha musobaqalarda o‘z maydonida ochko yo‘qotmayotgani, umuman “Old Trafford”dagi mag‘lubiyatsiz seriya 40 o‘yinga yaqinlashib qolganini e'tiborga olsak, armiyachilarning vazifasi juda mushkul.
V guruhi
BAVARIYa - PSJ
Har ikki jamoa ham keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lishgan. Ammo nemislar guruhda 1-o‘ringa chiqib olish uchun harakat qilib ko‘rishsa bo‘ladi. Bu ham oson emas. Yakunda parijliklarni ortda qoldirish uchun Xaynkes shogirdlari kamida to‘rt to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishlariga to‘g‘ri keladi.


















