Bu mehmonxonalar shu qadar ajoyibki, darhol o‘sha yerda paydo bo‘lib qolgingiz keladi. Qayerga yo‘l olish haqida o‘ylab, tanlovni amalga oshiring - "Layfxaker" dunyoning eng noyob 10 mehmonxonasi haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.
1. Suv osti nomerli mehmonxona, Tanzaniya


Manta Resort mehmonxonasi Zanzibarda joylashgan. Uning yaqinida uch bo‘limdan iborat noyob majmua mavjud. Mehmonlar xonasi va hammomli birinchi bo‘lim - dengiz sathi miqyosida. Ikkinchisi dam olish maydoni bo‘lib, u yerda kunduzi toblanish, tunda esa yulduzli osmonni tomosha qilib, zavqlanish mumkin. Eng qiziqarlisi - uchinchi bo‘lim. U suv ostida joylashgan. Bu yotoqxona bo‘lib, u yerda televizor o‘rniga - manzarali derazalar, ularning ortida esa - marjonlar, ekzotik baliqlar va boshqa dengiz jonivorlarini ko‘rish mumkin.
2. Teleminora-mehmonxona, Niderlandiya


Euromast mehmonxonasi sobiq televizion markaz - taniqli "Yevromatch" binosida joylashgan. Uning hashamatli nomerlari Rotterdam shopping-tumani uzra qad ko‘targan. Apartament derazalaridan ajoyib manzara namoyon bo‘ladi. Biroq maxsus aylanuvchi kabinkada 185 metrlik kuzatuv maydoniga ko‘tarilayotganingizda misli ko‘rilmagan go‘zallik guvohi bo‘lasiz.
3. Daraxtdagi mehmonxona, Shvetsiya
































