16:25 / 05.12.2017
30253

Motosiklchi sim chiviq bo‘yniga kirib ketganidan so‘ng mo‘jiza tufayli omon qoldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Hindistonlik mototsiklchi qarama-qarshi tomondan kelayotgan trasnport vositasi bilan to‘qnashuvdan qochish maqsadida yo‘ldan chiqib ketdi, biroq avtotrassani kengaytirishga mo‘ljallangan qurilish materiallariga kelib urildi. Erkak mo‘jiza tufayli omon qoldi: sim chiviq uning bo‘yniga sanchilgan va og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘tgan, deb xabar bermoqda The Sun.

35 yoshli Suresh yo‘l-transport hodisasiga uchraganidan so‘ng yuz bergan voqeaga e'tiborsiz bo‘lmagan haydovchilar tomonidan yaqin oradagi shifoxonaga olib ketildi. Jarrohlar sim chiviqni olib tashlash bo‘yicha murakkab amaliyotni o‘tkazishdi, hamda hozirda bemor Andxra-Pradesh shtatidagi o‘z uyida tiklanmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

"YTHdan so‘ng hushdan ketdim va shifoxonaga qanday kelib qolganimni ham tushunmadim. Qarindoshlarimning aytishicha, meni yaxshi insonlar olib kelgan. Men hayotimni qutqarib qolgan barchaga minnatdorchilik izhor etaman. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, agarda nimadir sekinroq yuz berganida, men halok bo‘lgan bo‘lardim", - deydi Suresh. 

Top