Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, oliy martabali mehmonga bu yerdagi masjid va maqbaralarning tarixi haqida ma'lumot berildi.
Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanayotgan Usmon mushafi va boshqa tarixiy-ma'rifiy yodgorliklarni katta qiziqish bilan ko‘rdi.
Ashraf G‘ani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan islom dinini o‘rganish, uning asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.










