19:27 / 05.12.2017
4769

Pokiston shimolidagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi

Foto: © Flickr / Wasif Malik

5 dekabrda Pokiston shimolidagi terakt oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi jarohat oldi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar bermoqda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Shimoliy Vaziristonning Mir-Ali shahrida sodir bo‘lgan. Portlashga yo‘l chetiga qo‘yilgan mototsiklga o‘rnatilgan bombaning harakatga keltirilishi sabab bo‘lgan.

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar.

Pokistonda oxirgi yirik terakt 1 dekabrda sodir etilgandi. O‘sha teraktda 4 nafar qurollangan kishi Peshovardagi universitet shaharchasi hududiga kirib, u yerdagi talabalarni o‘qqa tutgan. Hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan, 40 ga yaqin kishi jarohat olgan. Barcha bosqinchilar yo‘q qilingan. Hujum uchun javobgarlikni “Tolibon”ning Pokistondagi qanoti hisoblangan “Tahrik-i Tolibon Pokiston” jangarilari o‘z zimmasiga olgan.

Mavzuga oid
Top