Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaliklarning O‘zbekistonga bo‘lgan munosabati qanday?
Foto: CB24
Belarus va Qozog‘iston prezidenti Aleksandr Lukashenko hamda Nursulton Nazarboyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo mamlakatlar yetakchilariga bo‘lgan ishonch reytingida birinchi pog‘onalarda bormoqda. Butunrossiya jamoat fikrini o‘rganish markazi so‘rovi ma'lumotlariga ko‘ra, Lukashenko ruslarning 62 foizida ishonch uyg‘otsa, Nazarboyev – 56 foiz.
So‘rov natijalariga ko‘ra, "Belarus va Qozog‘iston MDHga a'zo davlatlar orasida Rossiya fuqarolari tomonidan eng qo‘llab-quvvatlanuvchi mamlakatlardir". Bu davlatlarni tadqiqot ishtirokchilarining aksariyati “eng barqaror va muvaffaqiyatli” deb hisoblaydi: Belarusni respondentlarning 60 foizi alohida tilga olgan bo‘lsa, Qozog‘iston – 41 foiz. Ulardan keyingi o‘rinlarni Armaniston (16%), Ozarboyjon (14%), Gruziya (10%), O‘zbekiston (7%), Turkmaniston (7%), Qirg‘iziston (5%), Moldova (4%), Tojikiston (3%) va Ukraina (1%) egallab turibdi.
"Rossiyaliklar – ko‘p millatli xalq, va u yoki bu davlatdan bo‘lganlar, odatda, o‘zlarining tarixiy vatanlarini qo‘llab-quvvatlaydilar, - deya aytib o‘tdi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti direktori Andrey Kazantsev. – MDH davlatlarining Rossiyadagi reytingi bu yerdagi diasporaning katta yoki kichikligiga bog‘liq". Uning fikriga ko‘ra, yaqin xorij davlatlari reytingiga Rossiyada ularning hayoti qay darajada yoritilishi ta'sir ko‘rsatadi.
Butunrossiya jamoat fikrini o‘rganish markazi ekspertlarining ta'kidlashicha, rossiyaliklar Belarus (64%) va Qozog‘istonni (57%) jahon arenasida o‘z mamlakatining asosiy ishonchli hamkori deb hisoblaydi. Shuningdek, respondentlar Armaniston (16%), Ozarboyjon (10%), Qirg‘iziston (8%) va O‘zbekistonni (8%) tilga olishgan. Keyingi o‘rinlardan esa Gruziya (6%), Tojikiston (5%), Moldova (5%), Turkmaniston (5%) va Ukraina (1%) joy egalladi.
Belarus (66%) va Qozog‘iston (38%) asosiy tili rus bo‘lgan aholi huquqlarini ta'minlash mezonlari bo‘yicha ham MDH davlatlari ro‘yxatida yetakchi pozitsiyalarni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlardan Armaniston (11%), Ozarboyjon (6%), Gruziya (6%), Moldova (6%), Ukraina (5%), O‘zbekiston (5%), Qirg‘iziston (5%), Tojikiston (4%), Turkmaniston (2%) joy oldi. "Asosiy tili rus bo‘lgan aholi huquqlariga rioya etish bo‘yicha ijobiy dinamika va ko‘rsatkichlarning o‘sishi kuzatilmoqda, - deya aytib o‘tdi Butunrossiya jamoat fikrini o‘rganish markazining maxsus dasturlar direktori Yelena Mixaylova. – Buni davlat siyosati natijasi sifatida qabul qilish mumkin".
Mavzuga oid
21:54 / 06.12.2025
Putin dengiz blokadasi bilan tahdid qildi. RF armiyasi bunga qodirmi?
16:15 / 06.12.2025
Mersga Kremldan "hujum": AQShning Ukraina bo‘yicha roli atrofida bahs kuchaymoqda
15:44 / 06.12.2025
AQSh YeI davlatlarini Kiyevga Rossiya aktivlari hisobidan kredit bermaslikka chaqirdi
14:42 / 06.12.2025