11:50 / 05.12.2017
11644

Telman Ismoilovga qotillik bo‘yicha ayblov qo‘yildi

Foto: TASS

Rossiya Tergov qo‘mitasi tadbirkor Telman Ismoilovga sirtdan qotillik bo‘yicha ayblov qo‘ydi va qamoqqa olish ko‘rinishida ehtiyot chorasi haqida qaror qabul qildi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasi saytida xabar berilgan.

«Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Telman Ismoilov tadbirkorlar Vladimir Savkin va Yuriy Brilyovning o‘ldirilishi tashkilotchisi sanaladi, bu jinoyatlar o‘tgan yili sodir etildi. U qotillikni amalga oshirish rejasini o‘z aka-ukalari Rafiq hamda Vagif Ismoilovlar bilan birga ishlab chiqqan. Jinoyatni esa Mehmon Kerimov amalga oshirgan», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, Ismoilovni xalqaro qidiruvga berish bo‘yicha tegishli materiallar Rossiya Bosh prokuraturasiga yuborilgan.

Avvalroq Telman Ismoilov «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida Rossiyadagi qator qotilliklarga aloqador emasligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top