Jahon | 00:52 / 05.12.2017
9448
2 daqiqa o‘qiladi

Useyn Boltga yurtida haykal o‘rnatildi 

Foto: instagram/usainbolt

4 dekabrda Yamayka poytaxti Kingstonda afsonaviy sprinter Useyn Boltning bronzadan ishlangan haykali ochildi. Haykalning tantanali ochilish marosimida joriy yozda sportchilik faoliyatini tugatishini e'lon qilgan sportchining o‘zi va mamlakat rahbariyati ishtirok etdi.  

Boltning haykali yamaykalik taniqli haykaltarosh Bezil Uotson tomondan yaratilgan bo‘lib, milliy stadion yonida o‘rnatildi. Uning balandligi 2,5 metrni tashkil qiladi.

“Menda his-tuyg‘ularimni ifodalashga so‘z yo‘q. Bu men uchun katta sharafdir. Men milliy stadion oldida, mening faoliyatim boshlangan joyda haykalim o‘rnatilishi mumkinligini tasavvur ham qilmagandim”, deb izoh bergan sportchining o‘zi. 

Mamlakat bosh vaziri Endryu Xoulness Bolt mamlakatning ijobiy imijini shakllantirish uchun bebaho ulush qo‘shganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, shu sababli Yamayka Boltdan minnatdor. 

Yamayka hukumati Boltga haykal qo‘yishga 2016 yildayoq qaror qilgan. Qayd etish joizki, Bolt haykali yana bir afsonaviy yamaykalik – musiqachi Bob Marli haykali yonida qad rostladi.

Mavzuga oid