Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda MDHda yagona bo‘lgan yangi zavod barpo etiladi
O‘zbekistonda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligida yagona bo‘luvchi hamda jahon sanoat akkumulyatorlari bozorida yetakchi korxonalardan biri bo‘lishi kutilayotgan zavod barpo etiladi. «O‘zikkilamchiranglimetall» AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, zavod Unicor Co. Ltd (J.Koreya) kompaniyasining yuqori texnologik uskunalari bilan jihozlanadi.
Mazkur loyiha hukumat qarori bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan “Ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi dasturi ishlab chiqildi hamda uning doirasida «O‘zikkilamchiranglimetall» AJga sanoat akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni tashkil etish topshirildi.
Loyiha samarasi o‘laroq muqobil energiya, uyali aloqa, mudofaa tizimida yangi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, zahira quvvat manbalari oshiriladi.
O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan, eng avvalo quyosh energiyasidan foydalanish sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba to‘plangan bo‘lib, ular yuzasidan bir qancha o‘n yillar mobaynida ishlanmalar olib borilmoqda.
«O‘zikkilamchiranglimetall»da sanoat akkumulyatorlari ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilishi ushbu sohada muhim ahamiyat kasb etadi.
“Yangi zavodning qurilishi bir tomondan O‘zbekistonda sanoat akkumulyatorlariga bo‘lgan talabni qondirsa, ikkinchi tomondan uning eksportga yetkazib berilishini ta'minlaydi”, — deydi loyiha menejyeri Behzod Yunusov.
O‘zbekiston hududida sanoat sohasida muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy yirik korxona 2018 yil o‘rtalarida barpo etiladi.
Mavzuga oid
11:45 / 22.06.2026
O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026