Sport | 18:30 / 05.12.2017
14455
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik chavandoz 20 yillik tarixni yangiladi

1-3 dekabr kunlari Hongkongda ot sporti bo‘yicha yoshlar Osiyo chempionati o‘tkazildi.

Sports.uz xabariga ko‘ra, ushbu musobaqaning konkur yo‘nalishida o‘zbekistonlik Saidamirxon Turg‘unboyev ham ishtirok etib, turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish lozimki, hamyurtlarimiz o‘tgan 20 yil davomida Osiyo miqyosidagi bu kabi nufuzli turnirlarda ilk marotaba ishtirok etishdi va shohsupaning yuqori pog‘onalaridan biridan o‘rin egallashdi.

 

Mavzuga oid