Germaniyaning Volkswagen konserni elektr agregatda yuradigan muqobil mikroavtobusni namoyiş qildi. VW 2018 yili Germaniyada yölovçilarni taşiş böyiça öz xizmatini işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Özi harakatlaniş funksiyasiga ega bölgan 6 örindiqli mini-avtobus aynan MOIA xizmati uçun işlab çiqiladi. 

Salon içida Wi-Fi tarmoği, gadjyetlarni quvvatlaş uçun tirqiş, yumşoq örindiqlar joylaştiriladi. Uning keliş vaqtini biliş, örinni band qiliş va xizmat uçun haq tölaş smartfonlardagi ilova orqali amalga oşiriladi. 

2025 yilga kelib Volkswagen 1 mln donaga yaqin şu kabi muqobil elektrobus işlab çiqişni rejalaştirmoqda. Ular Amerika va Yevropa bozorlariga yetkazib beriladi. MOIA xizmatining boş maqsadi muqobil tor doiraga ixtisoslaştirilgan avtomobillarni işlab çiqiş bölsa-da, kompaniya transport vositasining texnik xususiyatlariga e'tibor qaratadi. 

Avtobus bir marta quvvatlangaç, 300 km.gaça masofani bosib ötadi. Uning batareyasi 30 daqiqada 80 foizga töladi. Yangi jamoat transportida manzilga boriş taksidan arzonga tuşadi. 

Işlab çiqaruvçilarning sözlariga köra, ular odatdagi şahar transporti bilan raqobat qiliş niyatida. Bu transport vositasi keksalar, nogironligi bor şaxslarga qöl keladi. MOIA bekatlari yönaliş böylab 250 metr oraliqda joylaşadi. Yevropada ilk MOIA elektrobuslari kelasi yil boşida paydo böladi. 2018 yil oxirigaça AQŞga yetib boradi.