13:04 / 06.12.2017
35021

7 dekabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 7 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top