12:22 / 06.12.2017
27255

Afg‘oniston prezidenti Buxoroga keldi

Foto: President.uz

O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 6 dekabr kuni Buxoroga keldi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripov va Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev kutib oldi. 

Afg‘oniston prezidenti Buxoro davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashadi va ular oldida ma'ruza qiladi. 

Kunning ikkinchi yarmida prezident Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi. 

Top