2019 yilning o‘rtalariga borib, amaldagi Yevropa barqarorlashtirish mexanizmi bazasida Yevropa valyuta fondi (YeVF) tashkil etiladi. Yevrokomissiya (YeK)ning chorshanba kuni tarqalgan bayonotida shu haqida ma'lum qilindi. YeKning ta'kidlashicha, bu tuzilma yevro hududining barqarorlik asosi bo‘lishi kerak.
"Yevrokomissiya samaradorlik birligi hamda Yevropa iqtisodiy va monetar ittifoqining hisobot darajasini oshirish uchun aniq xatti-harakatlar bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdi", - deyiladi bayonotda.
Mazkur dasturning birinchi punkti "Yevropa qonunchiligiga asoslanuvchi va Yevropa barqarorlik mexanizmi bazasida qurilgan Yevropa valyuta fondini tashkil etish"ni o‘z ichiga oladi. YeI kengashi va Yevroparlament 2019 yilning o‘rtalarigacha barcha zarur qonunchilik hujjatlarini qabul qilishga chaqirildi, deyiladi bayonotda.











