08:51 / 06.12.2017
6555

Finlyandiya mustaqilligining bir asrligini nishonlamoqda

Foto: Flickr / Jonathan

Finlyandiya 6 dekabr kuni mustaqilligining 100 yilligini nishonlaydi. Bayram tadbirlari 5 dekabrdayoq boshlandi. Mahalliy vaqt bilan soat 22-00 da Xelsinki hokimiyati maydonida mamlakat prezidenti Sauli Niinistyo va birinchi xonim Yyenni Xaukio mamlakatning 100 ta milliy bayrog‘ini ko‘tarish marosimida qatnashdi. Bu bayroqlar bugun soat 22-00 da tushiriladi. 

1917 yil 6 dekabrda Buyuk Finlyandiya knyazligi parlamenti Rossiyadan mustaqillik e'lon qilgan edi. 31 dekabrda davlat mustaqilligini Vladimir Lenin rahbarligidagi Xalq komissarlari kengashi tan olgan. 

Bayram tadbirining asosiy voqealari harbiy parad va an'anaviy prezident qabuli bo‘ladi. Ikkala voqea ham milliy telekanallar orqali namoyish etiladi. Ularni mamlakatning deyarli barcha yoshi katta fuqarolari ko‘radi. 

Harbiy parad mamlakat poytaxtidan 400 km uzoqlikdagi Kuopio shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Prezident qabuliga esa, 1900 kishi taklif etilgan. Bular madaniyat, sport, iqtisodiyot, siyosat arboblari, xorijdagi elchixonalar rahbarlaridir. 

Bayramning eng katta hodisasi bu mamlakatning barcha shaharlarida uyushtiriladigan mushakbozlikdir. Xelsinkidagi mushakbozlik kechki 22-00 ga belgilangan. 

Mavzuga oid
Top