10:16 / 06.12.2017
9595

Hindiston yangi zenit raketasining sinovini o‘tkazdi

Foto: Ndtv.com

Hindiston qurolli kuchlari yangi modifikatsiyadagi Akash zenit raketasining muvaffaqiyatli sinovini o‘tkazdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda. Sinov jarayoni 5 dekabr kuni mamlakat sharqidagi Odisha shtatida o‘tkazilgan. 

"Ushbu muvaffaqiyatli sinov, Hindiston "yer-havo" turidagi har qanday raketani ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘lganini ko‘rsatadi", - deya mamlakat mudofaa vazirligi vakili so‘zini keltiradi telekanal. OAV xabariga ko‘ra, sinov vaqtida raketa o‘ziuchar "Banshi" nishonini urib tushirgan.

Hindistonning Akash zenit-raketa majmuasi 18 km balandlik va 30 km uzoqlikdagi havo nishonlarini urib tushirish uchun ishlab chiqilgan. 

Top