17:00 / 06.12.2017
19189

«Keyin xafa bo‘lmanglar». Nazarboyev mahalliy kompaniyalarni qattiq ogohlantirdi

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumatga mahalliy kompaniyalarning moliyaviy mablag‘larini xorijdan qaytarish topshirig‘ini berdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

Davlat rahbari Sanoatlashtirish kuniga bag‘ishlangan tadbir davomida keskin tanqid bilan chiqib, mahalliy kompaniyalar pullarni xorijiy hisoblarda saqlamasligi kerakligini ma'lum qildi.

"18 ta mahalliy kompaniya xorijda 12,5 milliard dollarni saqlaydi. "Tengizshevroyl" – 4,5 milliard dollar. "KazMunayGaz" – 3 milliard dollar. "RD "KazMunayGaz" – 2 milliard dollar. "Osiyo gaz quvuri" – milliard dollardan ortiq, "Beynau – Chimkent" gaz quvuri – 100 million, va hokazo", - degan Nursulton Nazarboyev.

"Uch marta legallashtirish ro‘y berdi, kimdir javobgarlikka tortildimi? Hech kim... Sizlar xorijda saqlayotgan pullaringizni yo‘qotasiz, nahotki buni ko‘rmayapsiz? Sanktsiyalar sharoitida hech kim sizga yordam bermaydi. Pullarni qaytaring va ularni Qozog‘istonda saqlang. Sizlarga qanday kafolat kerak? Qonunlar, farmonlarmi? Men buni qilaman. Buni o‘zlaringiz qilmasangiz, bizning o‘zimiz qilamiz. Keyin xafa bo‘lmanglar", - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Qozog‘iston prezidenti.

Nursulton Nazarboyevning ta'kidlashicha, faqatgina birinchi yarim yillikda davlat nazoratida bo‘lgan kompaniyalar xorijda saqlanayotgan mablag‘ni 2 dan 6 milliard dollarga qadar oshirgan.

"Hukumatga topshiriq beraman, aksiyador sifatida. Vaziyatni o‘rganib chiqasizlar va menga hisobot berasizlar. Har biri bilan gaplashamiz, har biri bilan", - deya murojaat qilgan prezident Qozog‘iston bosh vaziri Baxtjon Sag‘intayevga.

"Agarda buni qilmasangiz, ogohlantiraman, unda men bu pullarni qaytarish bo‘yicha boshqacha ish ko‘raman. Biroq sizlar bo‘lmaysizlar. Biz sizlardan tortib olamiz yoki nimadir qilamiz, deyotganimiz yo‘q. Davlat sizlarga bu pullarni korxona sifatida ishlab topishga sharoit yaratib berdi hamda siz davlatdan Qozog‘iston pullarini yashirmoqdamisiz? Bas", - deya xulosa qilgan Nursulton Nazarboyev.

Top