21:35 / 06.12.2017
6700

Qozog‘istonlik nogiron faol ko‘plab odamlarga o‘rnak ko‘rsatmoqda

Foto: aa.com.tr

Qozog‘istonlik faol, jamoat arbobi Olmos Yerjan Qozog‘istonning ko‘plab fuqarolari uchun o‘rnak hisoblanadi.

Ostonalik 37 yoshli Olmos Ijtimoiy va innovatsion jamg‘armaga asos solib, u orqali o‘ziga o‘xshagan – imkoniyati cheklangan odamlarga yangi ish o‘rinlari ochishda ko‘mak bermoqda.

Yerjan Olmaotadagi to‘qimachilik fabrikalaridan birida o‘nlab nogironlarni ish bilan ta'minladi. U, shuningdek, o‘z ishini boshlamoqchi bo‘lgan nogironlar uchun loyihalar ishlab chiqadi va homiylar topadi.

aa.com.tr

Yerjan Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi bilan suhbatda sog‘lom bola bo‘lib tug‘ilgani, oiladagi moliyaviy muammolar sababli 9-sinfda o‘qishni tashlab, bozorda pul topa boshlashiga to‘g‘ri kelganini so‘zlab berdi. “Kunduzi bozorda ishlardim, kechasi do‘stlarim bilan diskotekaga borardik. Ya'ni hamma o‘smirlar kabi yashardim”, deb eslab o‘tgan Yerjan.

Biroq Yerjanning 22 yoshida tishlari o‘z-o‘zidan tusha boshlagan. Shifokorlar unga kalsiy yetishmasligi sababli suyak kasalligi tashxisini qo‘yishgandan keyin dastlab u tushkunlikka tushgan.

Kasallik zo‘rayib, Yerjanning umurtqasi qiyshayishi va bo‘g‘imlari deformatsiyasiga olib kelgan. “Dastlab qo‘ltiqtayoq yordamida yurardim, biroq bo‘g‘imlardagi og‘riqlar zo‘rayib borardi. Shundan keyin nogironlar aravasiga o‘tirishimga to‘g‘ri kelgan”, deb so‘zlab bergan Yerjan.

Yerjanning ta'kidlashicha, istalgan davlatdagi kabi nogironlar ham Qozog‘istonda ish topishda muammolarga duch keladilar, ish beruvchilar esa jismoniy imkoniyatlari cheklangan odamlarni ishga yollash bo‘yicha kvotalarni inobatga olmaydilar.

“Qozog‘istondagi minglab odamlar manfaatlarini ularning qiziqishlari, muammolarini hisobga olgan holda ilgari surishni istardim. Mening o‘zim aravachaga mixlanib qolganim sabab bu muammoni yaxshi bilaman”, deb aytgan Yerjan  va davlat ijtimoiy sohaga e'tiborni kuchaytirishi kerak, deb ta'kidlab o‘tgan.   

 

Mavzuga oid
Top