00:04 / 06.12.2017
11661

Obamaning tviti Twitter’dagi eng ommaviy xabar bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

AQShning sobiq prezidenti Baraka Obamaning tviti joriy yilda Twitter’da eng ko‘p “layk” olgan tvit bo‘ldi. Bu haqda Twitter statistikasiga iqtibos keltirgan holda USA Today nashri xabar berdi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar bir-birlari bilan eng ko‘p bo‘lishgan tvitlar o‘ntaligidan Obamaning uchta tviti, foydalanuvchilarga ko‘proq yoqqan tvitlar o‘ntaligidan uning ikkita tviti o‘rin oldi. 

Obamaning 13 avgustdagi tviti 4,6 mln layk olgan, u bilan 1,7 mln marta bo‘lishishgan. Obama bu tvitida “Hech qaysi bir odam tanasi rangi, kelib chiqishi yoki dini tufayli boshqa odam tomondan yomon ko‘riluvchi bo‘lib tug‘ilmaydi”, deb yozgan.

Shuningdek, yetakchi tvitlar orasidan qo‘shiqchi Ariana Grande va Linkin Park guruhi tvitlari o‘rin olgan.

Nashrning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda faolligiga qaramay, uning tvitlari yetakchi o‘ntalikdan o‘rin olmagan.

Biroq shunga qaramay, Tramp tvitterda eng ko‘p yodga olinuvchi amaldor bo‘ldi.

 

 

Mavzuga oid
Top