14:00 / 06.12.2017
44139

OChL guruh bosqichiga qur'a tashlandi. «Lokomotiv» «V» guruhida

Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda Osiyo chempionlar ligasining 2018 yilgi musobaqalariga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan Toshkentning «Lokomotiv» klubi V guruhida Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Vahda», Qatarning «Ad-Duhayl» va pley-off saralash bosqichining «Zob Ohan» yoki «Aizavl» jamoalari g‘olibiga qarshi kurash olib boradigan bo‘ldi.

Saralash pley-offidan musobaqalarni boshlaydigan Qarshining «Nasaf» klubi «S», Toshkentning «Paxtakor» klubi esa «A» guruhiga tushishi mumkin bo‘ladi.

«Nasaf» S guruhida BAAning «Al-Vasl», Qatarning «As-Sadd» va Eronning «Persepolis» jamoalariga qarshi kurash olib borishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun jamoa Iordaniyaning «Al-Faysaliy» klubi to‘sig‘idan o‘tishi lozim.

A guruhidan joy olishi mumkin bo‘lgan «Paxtakor» esa guruhida Birlashgan Arab amirliklarining «Al-Jaziyra», Saudiya Arabistonining «Al-Ahliy» va Eronning «Traktorsozi» jamoalariga qarshi maydonga tushishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun jamoa «Al-G‘arafa» to‘sig‘idan o‘tishi lozim.

Qur'aning yakuniy natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi.

Osiyo chempionlar ligasi, guruh bosqichi
G‘arbiy mintaqa

«A» guruhi
«Al-Jaziyra» (BAA)
«Al-Ahliy» (Saudiya Arabistoni)
«Traktorsozi» (Eron)
«Al-G‘arafa» (Qatar) - «Paxtakor» juftligi g‘olibi

«B» guruhi
«Ad-Duhayl» (Qatar)
«Al Vahda» (BAA)
«Lokomotiv» (O‘zbekiston)
«Zob Ohan» (Eron) - «Aizavl» (Hindiston) juftligi g‘olibi

«C» guruhi
«Persepolis» (Eron)
«As-Sadd» (Qatar)
«Al-Vasl» (BAA)
«Nasaf» (O‘zbekiston) - «Al-Faysaliy» (Iordaniya) juftligi g‘olibi

«D» guruhi
«Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni)
«Istiqlol» (Eron)
«Ar-Rayyan» (Qatar)
«Al-Ayn» (BAA) - «Malkiya» (Bahrayn) juftligi g‘olibi

Sharqiy mintaqa
«E» guruhi

«Chonbuk Motors» (Janubiy Koreya)
«Kitchi» (Hongkong)
pley-off g‘olibi
pley-off g‘olibi

«F» guruhi
«Kavasaki Frontale» (Yaponiya)
«Ulsan Hyunday» (Janubiy Koreya)
«Melburn Viktori» (Avstraliya)
pley-off g‘olibi

«G» guruhi
«Guangjou Evergrand» (Xitoy)
Yaponiya imperator kubogi g‘olibi
«Jyeju Yunayted» (Janubiy Koreya)
«Buriram Yunayted» (Tailand)

«H» guruhi
«FK Sidney» (Avstraliya)
«Shanghay Shenhua» (Xitoy)
«Kashima Antlers» (Yaponiya)
pley-off g‘olibi

Top