18:37 / 06.12.2017
15651

TIME jurnali “Yil odami”ni e'lon qildi 

Foto: http://time.com

AQShning TIME jurnali “Sukutni buzuvchilar” (The Silence Breakers) – turli sohalarda, birinchi navbatda, shou-biznesda jinsiy shilqimliklar muammosiga e'tibor qaratgan ayollarni yil odami sifatida e'lon qildi. 

#MeToo (#men ham) nomi bilan ham ma'lum bo‘lgan harakat The New York Times nashri oktabrda Gollivudning nufuzli prodyuserlaridan biri Xarvi Vaynshteyn o‘nlab yillar davomida ayollarga shilqimlik qilib kelgani, biroq bu holatlar ovoza qilinmagani aytilgan tergovni chop etgandan keyin vujudga keldi. Shunday keyin o‘nlab aktrisalar, shu jumladan, Eshli Jadd, Rouz Makgouen, Aziya Arjyento, Lea Seydu, Lena Xidi, Gvinet Peltrou, Anjyelina Joli va kinokompaniyalar xodimlari prodyuser tomonidan shilqimlikka uchraganlarini ma'lum qilishgan.  

Shundan keyin Vaynshteyn o‘zi boshqargan The Weinstein Company kompaniyasidan ketgan, hozirda unga nisbatan tergov olib borilmoqda. Vaynshteynning qilmishlari fosh qilinishi boshqa taniqli odamlarga ham shilqimlik qilish ayblovlarining qo‘yilishi boshlanishiga sabab bo‘ldi.

Ovozlar hisob-kitob qilingandan keyin 2-o‘rinni AQSh prezidenti Donald Tramp, 3-o‘rinni Xitoy yetakchisi Si Tszinpin  egalladi.

5 dekabrda jurnal mutolaachilari orasida o‘tkazilgan onlayn-ovoz berish natijalariga ko‘ra yil odami sifatida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon e'tirof etilgandi.

Odatda, jurnal tahririyatining qarori jurnalxonlarning tanlovidan farq qiladi.

Mavzuga oid
Top