11:39 / 06.12.2017
31980

Video: Afg‘oniston prezidenti o‘zbek tilida bayonot berdi

Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Toshkentda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama muzokaralar yakunida o‘zbek tilida bayonot berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Afg‘oniston rahbari Muhammad Ashraf G‘ani Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Prezident Ashraf G‘ani muzokaralar yakunlanganidan so‘ng o‘zbek tilida nutq so‘zladi.

Shavkat Mirziyoyev afg‘onistonlik hamkasbining o‘zbek tilidagi bu bayonotini olqishladi va bu ikki xalq tarixi, tili hamda madaniyati bir biriga juda yaqin ekanidan dalolat berishini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Top