02:42 / 07.12.2017
35391

10 yildan so‘ng insonlarga yurak ko‘chirib o‘tkazilmaydi

Foto: hightech.fm

Yurak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar minglab insonlarning hayotini saqlab qolishi mumkin, biroq organlar hammaga ham yetavermaydi. Tibbiyotchilar bu uslubni yuqori baholashadi, biroq unga yetishish qiyinligidan endi protezlash va o‘zak hujayralar bilan terapiya o‘tkazishni rivojlantirishga chaqirishmoqda. The Telegraph tomonidan iqtibos keltirilyotgan Buyuk Britaniyaning yetakchi jarrohlari so‘zlariga ko‘ra, texnologiyalar rivoji keyingi o‘n yil mobaynida yurak ko‘chirib o‘tkazishdan to‘liq voz kechishga olib kelishi mumkin.

Janubiy afrikalik yurak jarrohi Kristian Barnard tomonidan ilk marta yurak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha muvaffaqiyatli operatsiyani amalga oshirganiga ham 50 yil to‘ldi. Ushbu tadbir bir necha marta o‘zining samarali ekanligini isbotlagan: ayrim bemorlar o‘zganing yuragi bilan 20 yildan oshiq umr ko‘rgan. Lekin vrachlar yuraktalablarning bor-yo‘g‘i 1 foizigagina yordam qo‘lini cho‘za olishadi, qolganlarga yurak yetishmaydi. Masalan, Birlashgan Qirollikda 65 yoshdan oshgan 15 ming kishi operatsiyaga muhtoj, lekin yiliga bor-yo‘g‘i 150 ta yurak topiladi. So‘nggi o‘n yil ichida bunday bemorlarning soni 162 foizga o‘sgan.

Ko‘chirib o‘tkazishga yaroqli yuraklarning sonini oshirishning mutlaqo imkoni yo‘q, shu sababli Buyuk Britaniyaning yetakchi vrachlari kelajak sun'iy nasoslar va o‘zak hujayralarga bog‘liq ekanligini aytishmoqda. Bu texnologiyalarni rivojlantirib, yiliga minglab britaniyaliklarga yordam berish mumkin. Kelgusida ular ayrim tug‘ma nuqsonlar hisobga olinmasa, yurak ko‘chirib o‘tkazish o‘rnini to‘liq egallaydi. Hozircha esa jamoat tashkilotlari mamlakat aholisi o‘rtasida o‘limidan so‘ng organlarni ishlatishga rozilik berish haqida hujjatga imzo qo‘yishga targ‘ib qilish bilan band.

Yorqin kelajakni yaqinlashtirish uchun tadqiqotchilar o‘z uslublarini takomillashtirishmoqda. Jumladan, koronar shuntirlash chog‘ida o‘zak hujayralarni kiritish yo‘li bilan yurakning chandiqlashishi oldini olish mumkinligi isbotlangan. Shuningdek, zamonaviy namunalaridan bir necha barobar arzonroqqa tushuvchi titandan yasalgan mexanik yurak protezi yaratish ustida ish olib borilmoqda.

Yurak kasalliklari bilan kurashishning yana bir yo‘li — tobora idrokli va qulay bo‘lib borayotgan kardiostimulyatorlardir. Masalan, yangi kardiostimulyator yumshoq texnologiyalardan foydalanib, yurak qorinchasi va devorchasiga bir vaqtda ta'sir ko‘rsatadi.

Top