Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznes-klass bo‘yicha eng yaxshi aviakompaniyalar nomi e'lon qilindi
Foto: airliners.net
Buyuk Britaniyaning Skytrax konsalting kompaniyasi jahondagi eng yaxshi biznes-klass aviakompaniyalari reytingini e'lon qildi. Qatarning «Qatar Airways» aviakompaniyasi birinchi o‘rinda qayd etildi, deb yozadi Korrespondent.net.
Shunisi ma'lumki, reytingni tuzish asnosida kompaniya mutaxassislari jahonning yuzdan ziyod davlatlarida yashovchi 19,2 milliondan ortiq aviayo‘lovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazishgan.
Umumiy hisobda o‘rindiqlar komforti darajasi, samolyotga o‘tqazish jarayoni va boshqa shu kabi 41ta mezon bo‘yicha baholangan 280ta aviakompaniya ko‘rib chiqilgan.
Ikkinchi o‘rinda Yaponiyaning ANA — «All Nippon Airways» aviakompaniyasi qad etilgan bo‘lsa, uchlikni Singapurning «Singapore Airlines» kompaniyasi yakunlab bergan.
Dastlabki o‘nlikka shuningdek, «Etihad Airways» (BAA), «Lufthansa» (Germaniya), «Turkish Airlines» (Turkiya), «Garuda Indonesia» (Indoneziya), «Cathay Pacific» (Hongkong), «Emirates» (BAA) va «EVA Air» (Tayvan) ham kirgan.
Mavzuga oid
20:36 / 30.12.2025
2025 yilda yo‘lovchilar O‘zbekiston aeroportlaridan eng ko‘p parvoz qilgan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
17:45 / 23.12.2025
Yangi FlyOne Asia aviakompaniyasi O‘zbekistonda 2026 yil aprelida ish boshlaydi
09:35 / 21.11.2025
Xitoy aviakompaniyasi O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni kengaytiradi
19:55 / 14.11.2025