Al-Qudsning maqomi mintaqaviy ishtirokchilar tomonidan aniqlanishi kerak, bu qaror avvaldan qabul qilinishi lozim emas, deya ma'lum qildi GFR TIV rahbari Zigmar Gabriel. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Quds Isroil poytaxti deb tan olinishini e'lon qildi.

Foto:  RIA Novosti

"Al-Qudsning maqomi mintaqaviy ishtirokchilar tomonidan aniqlanishi kerak. Bu qaror avvaldan qabul qilinishi lozim emas. Bizning pozitsiya o‘zgarishsiz qoladi. Biz “ikki davlat” yechimi tarafdorimiz", - deya aytib o‘tgan vazir. Uning so‘zlarini esa GFR TIV Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida keltirgan.

GFR kansleri Angela Merkel AQSh prezidenti Donald Trampning al-Quds bo‘yicha bayonotini qo‘llab-quvvatlamadi, shaharning maqomi ikki davlat konsepsiyasi doirasida aniqlanishi lozim, deya xabar berdi GFR vazirlar mahkamasi rasmiy vakili Shteffen Zaybert Twitter’dagi o‘z mikroblogida.

Foto:  RIA Novosti

"Kantsler Merkel Trampning al-Quds bo‘yicha bayonoti haqida: federal hukumat bunday pozitsiyani qo‘llab-quvvatlamaydi, sababi al-Qudsning maqomi ikki davlat yechimi doirasida muhokama etilishi lozim", - deya yozgan Zaybert.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Trampning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish bo‘yicha qarorini qoralab chiqdi, u xalqaro huquq va BMT rezolyutsiyalarining buzilishi bilan qabul qilindi.

Foto:  RIA Novosti

"Ushbu qaror afsuslarga sabab bo‘ladi, u xalqaro huquq va BMT rezolyutsiyalarining buzilishidir, Fransiya buni qo‘llab-quvvatlamaydi", - deya aytib o‘tdi Makron Jazoirdagi matbuot anjumanida.

Uning yana bir bor ta'kidlashicha, al-Qudsning maqomi bo‘yicha masala Isroil va Falastin o‘rtasidagi muloqot davomida hal etilishi kerak.