Chempionlar ligasining 2017/18 mavsumi guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi. O‘tkazilgan 192ta o‘yinda 306ta gol urildi.

Opta xabariga ko‘ra, bu turnir tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 9ta gol bilan guruh bosqichining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

«PSJ» klubi 25ta gol bilan eng sermahsul jamoaga aylandi. 23 ta gol urgan «Liverpul» bu borada ikkinchi bo‘ldi.