Istiqbolda har qanday kasb ham xavfli bo‘lishi mumkin. Hatto buxgalterga ham davlat tomonidan jiddiy jarima belgilanishi, menejyer esa zo‘ravon mijozga yo‘liqishi hech gap emas. Qiyin damlar hammada bo‘ladi, biroq xatolar kechirmaydigan kasblar ham bo‘ladi. Bu yerda gap direktor bilan yoqimsiz suhbat emas, inson hayoti haqida bormoqda. Don'tPanic dunyoning eng xavfli 10 kasbi haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi. Bu kasblarni tanlashdan avval ko‘p marta o‘ylab ko‘ring.

Ilon zahri yig‘uvchisi
Mutaxassis o‘z kunini xavfli ilonlar bilan birga o‘tkazib, ularning zaharini qo‘lda tortib oladi. Keng ko‘lamli xavfsizlik choralariga qaramay, doim qandaydir kutilmagan ko‘ngilsizliklar ro‘y berib turadi.

Buqalar reyderi
Bu kasbni aniq oddiy deb aytib bo‘lmaydi. Taxminan 90-yillar oxirida AQShda buqalar poygasi keng tanila boshlagan. Chavandoz atigi 8 soniyalik chiqishi uchun katta summani qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan. Statistikaga ko‘ra, reyder har 15 chiqishida taxminan 1 marta jiddiy jarohat olar ekan.

Konchi
Juda qiyin va xavfli ish. Konchilar hatto barcha xavfsizlik tizimlari bilan ta'minlangan sharoitlarda ham o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishadi. Ularga har kuni xavf soya soladi: katta chuqurlik, atrofdagi yuqori harorat, portlashlar, ko‘chkilar, metan va gazdan zaharlanish ehtimoli...

Timsohlar bilan kurashuvchi (restler)
Ha, bu dunyodagi eng keng tarqalgan bo‘lmasa-da, haqiqatda mavjud kasb. Timsohlarning og‘ziga qo‘rqmasdan bosh suquvchi botirlarni Osiyoda ko‘rish mumkin — Bangkok hayvonot bog‘ida bunday shoular doimiy tarzda o‘tkaziladi.






















