Xitoy korporatsiyasi O‘zbekistonda gaz qazib olishni boshladi

New Silk Road Oil And Gas qo‘shma korxonasi Buxoroning Olot tumanidagi Hojisayot konida tabiiy gaz qazib olishni boshladi.
New Silk Road Oil And Gas «O‘zbekneftegaz» va Xitoy milliy neftgaz uyushmasi (SNPC) hamkorligidagi qo‘shma korxona hisoblanadi.
Tomonlar o‘rtasida 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi hududida geologiya-qidiruv loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan kelishuv asosida o‘tkazilgan ishlardan keyin Buxoro viloyati hududida Qorako‘l blokida 3ta kon borligi aniqlangan: Hojisayot, Hojidavlat va Sharqiy Olot.
Shundan so‘ng, tomonlar «New Silk Road Oil & Gas» MJChni tashkil etishgan.
Keyinchalik kompaniyalar «Sharqiy Olot» va «Xo‘jasayot» konlarini o‘zlashtirishga, shuningdek, yangi quduqlarni burg‘ilashga, amaldagisini ta'mirlash va uzunligi 43 kilometr bo‘lgan gaz quvurini qurishga kirishadi.
Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asosiga ko‘ra, 2020 yilgacha qo‘shma korxona yiliga 1 mlrd kubometr gaz qazib chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mamlakat ichki bozori uchun 6,5 ming tonna gaz kondensatini ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.
2014-2019 yillar davomida bu loyiha uchun 277,3 mln dollar investitsiya jalb etiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

23:36 / 10.04.2025
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi

23:08 / 10.04.2025
Xitoyda oila qurish qoidalari soddalashtirildi

21:17 / 10.04.2025
Apple Tramp tariflarini chetlab o‘tish uchun Hindistondan 1,5 million dona iPhone olib chiqadi

20:36 / 10.04.2025