15:00 / 07.12.2017
19483

«IShID xalifaligi endi kibermakonda»

Foto: Global Look Press

IShID terrorchilik tashkilotining Suriyadagi mag‘lubiyati jangarilarning o‘z mafkurasini internet orqali tashviqot qilish imkoniyatini pasaytirmadi, deya ma'lum qilishdi Qo‘shma Shtatlar senatidagi Amerika razvedkasi vakillari va harbiy maslahatchilar. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«IShIDning o‘z tarafdorlarini butun dunyo bo‘ylab topish imkoniyatlari ijtimoiy tarmoqlarda ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi va bu ishlarning ko‘lami juda katta. Bu guruhga turli mamlakatlar ichida ko‘proq ekstremistlar soniga erishish imkonini taqdim etadi», - deya ma'lum qildi AQSh Milliy aksilterrorchilik markazidagi razvedka boshlig‘i Lora Shayo.

Milliy xavfsizlik va davlat masalalari bo‘yicha qo‘mita vakili Ron Jonson bu bayonotga qo‘shildi, hamda «yangi xalifalik» endi kibermakonda joylashgani haqida ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda IShID dala qo‘mondoni qo‘lga olingani, u o‘zbek ekani ma'lum qilingani xabar berilgandi.

Top