00:40 / 07.12.2017
8891

IShID Suriya va Iroqdan deyarli siqib chiqarildi – Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp IShID jangarilari Suriya va Iroqdan deyarli siqib chiqarilganini ma'lum qildi. 

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyada Frot daryosining ikkala tomonida ham IShID tor-mor etilganini e'lon qilgandi.  

“Men Pentagon rahbari Jyeyms Mettisga IShIDni yengish bo‘yicha amalga oshirilgan a'lo darajadagi ish uchun minnatdorlik bildiraman. U IShIDni barcha kuchdan mahrum qildi, men esa sizga buni qilishga ruxsat berdim. Siz a'lo darajadagi ishni amalga oshirdingiz. Jangarilar Suriya va Iroqdan deyarli siqib chiqarilgan. Bu ajoyib yangilik. Yomon yangilik esa ular har tomonga tarqamoqdalar”, deb aytgan Tramp ma'muriyat a'zolari bilan yig‘ilishda. 

Tramp AQSh o‘z hududida terrorchilarni ko‘rishni istamasligini ta'kidlab o‘tgan. “Biz ularning davlatimizga yana qaytishlarini istamaymiz. Ularning ba'zilari o‘z yurtlariga qaytmoqdalar, biroq biz buni istamaymiz. Shu sababli ular ortidan sinchkovlik bilan kuzatmoqdamiz”, deb aytgan Tramp. 

 

Mavzuga oid
Top