«Qorishtirgich». Erdo‘g‘an Trampning qarori bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh yetakchisi Donald Trampning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishi bo‘yicha qarorini qoraladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Uning fikriga ko‘ra, AQSh «BMTning al-Quds bo‘yicha 1980 yilgi qarorini toptadi, uni hali hech kim buzmagandi».
«Tramp bu qaror bilan nima demoqchi bo‘layotganini tushunish imkonsiz. U hozirda qorishtirgich rolini o‘ynamoqda, butun mintaqada alg‘ov-dalg‘ovlik keltirib chiqardi. Al-Quds – bu musulmonlar, xristianlar, yahudiylar uchun muqaddas joy. Ayniqsa, bu mintaqa uchun shunday qadam – yonib turgan gugurtdek ta'sir ko‘rsatadi», - deya ta'kidlab o‘tdi Turkiya yetakchisi.
Shuningdek, Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, siyosiy yetakchilar «mojarolarni keskinlashtirmasligi, balki tinchlikni o‘rnatishi lozim».
«Agarda Tramp o‘zini shunday kuchli, to‘g‘ri deb hisoblasa, adashadi. Kuchli – to‘g‘ri degani emas», - deya xulosa qildi Turkiya prezidenti.
Avvalroq Donald Tramp al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishini ma'lum qildi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Trampga «jasur va adolatli» qaror uchun minnatdorlik bildirdi. O‘z navbatida, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos Trampning qarorini Yaqin Sharqdagi tinch jarayonda Amerika ishtirokining yakuni deb atadi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 15:08
-
Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi
Jahon | 14:36
-
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi
O‘zbekiston | 14:03
-
Yevropa osmonidan Etihad’gacha – o‘zbekistonlik styuardessa hikoyasi
Jamiyat | 13:05
Mavzuga oid

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi

03:48 / 10.08.2020